O‘zbekiston bozorida rouming hujjatlari uchun professional texnik yordam
Biz kompaniyalarga EDO, soliq, markirovka va rouming hujjatlari bilan ishlashda amaliy texnik yordam ko‘rsatamiz, jarayonlarning uzluksiz, to‘g‘ri va qonunchilikka mos yuritilishini ta’minlaymiz.
Biz taqdim etadigan xizmatlar
Jarayonlarni barqaror yuritish
Elektron hujjat aylanishi, soliq tizimlari va integratsiyalar bilan ishlashda eng muhim narsa - jarayonning uzluksiz ishlashi. Biz murojaatni tahlil qilib, xatoni topamiz va amaliy yechim bilan jarayonni tez tiklashga yordam beramiz.
Nima uchun bizni tanlashadi
+
yillik tajriba asosida elektron hujjat jarayonlarida ko‘mak beramiz
daq.
ichida dastlabki javob berish tartibini yo‘lga qo‘yganmiz
+
murojaatlar bo‘yicha amaliy texnik ko‘mak va konsultatsiyalar berganmiz
+
xizmat yo‘nalishlari bo‘yicha korxonalarga amaliy yordam ko‘rsatamiz
Xizmat tariflari
Ekspert Start
120 000
so‘m
Kichik bizneslar uchun sodda va hamyonbop tarif
Tarif tarkibiga quyidagilar kiradi:
Murojaatlar soni 50 tagacha
Javob berish vaqti: Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00
Aloqa vositasi: Telegram
* Foydalanuvchilar soni: 1 ta
** Multi korxona: 1 ta
Video darslar orqali o‘qitish
Chek-list va tayyor yo‘riqnoma
Xizmat kategoriyalari bo‘yicha: 2 ta
Ekspert Business
250 000
so‘m
O‘sib borayotgan bizneslar uchun mo‘ljallangan tarif
Tarif tarkibiga quyidagilar kiradi:
Murojaatlar soni 50 dan 100 gacha
Javob berish vaqti: Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00
Aloqa vositasi: Telegram va telefon, korporativ pochta
* Foydalanuvchilar soni: 1 ta
** Multi korxona: 3 tagacha
Video darslar orqali o‘qitish
Chek-list va tayyor yo‘riqnoma
Xizmat kategoriyalari bo‘yicha: 5 ta
Ekspert Premium
500 000
so‘m
Yirik korxonalar ehtiyojiga moslashtirilgan tarif
Tarif tarkibiga quyidagilar kiradi:
Murojaatlar soni cheksiz
Javob berish vaqti: 24/7 (tun-kun)
Aloqa vositasi: Telegram va telefon, AnyDesk,
korporativ pochta
* Foydalanuvchilar soni: 1 ta
** Multi korxona: 5 tagacha
Video darslar orqali o‘qitish
Chek-list va tayyor yo‘riqnoma
Xizmat kategoriyalari bo‘yicha: 7 ta
Mijozlarimiz fikrlari
Ko‘p so‘raladigan savollar
Q: Sizlar qanday xizmat ko‘rsatasizlar?
Biz elektron hujjat aylanishi (EDO), rouming hujjatlari, soliq tizimlari, markirovka va integratsiya jarayonlari bo‘yicha amaliy texnik yordam hamda konsultatsiya xizmatlarini ko‘rsatamiz.
Q: Sizlar yangi tizim yoki dastur ishlab chiqasizlarmi?
Yo‘q, biz yangi dastur ishlab chiqish bilan shug‘ullanmaymiz. Asosiy faoliyatimiz - mavjud EDO, soliq va boshqa raqamli platformalarda ishlashda yordam berish, xatolarni bartaraf etish va integratsiya jarayonlariga texnik ko‘mak ko‘rsatish.
Q: Xizmatlar qay tartibda ko‘rsatiladi?
Xizmatlar shartnoma asosida, mijoz murojaatiga ko‘ra va belgilangan tariflar doirasida amalga oshiriladi.
Q: Murojaatlarga javob berish vaqti qanday?
Javob berish vaqti tanlangan tarif rejasiga va ish yuklamasiga bog‘liq holda belgilanadi.
Q: To‘lov qanday amalga oshiriladi?
To‘lovlar oldindan (avans tarzida) amalga oshiriladi va shartnomada belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Q: Shartnomani bekor qilish mumkinmi?
Ha, shartnoma muddati tugaganda, tomonlar kelishuviga ko‘ra yoki qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda bekor qilinishi mumkin.
Q: Ma’lumotlar maxfiyligi ta’minlanadimi?
Ha, barcha ma’lumotlar maxfiy hisoblanadi va uchinchi shaxslarga oshkor etilmaydi.
Q: Xizmatlar qonunchilikka mosmi?
Ha, barcha xizmatlar O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Q: Qaysi EDO platformalari bilan ishlaysizlar?
Biz turli xil EDO va buxgalteriya platformalari bilan ishlashda yordam beramiz. Aniq platformalar mijoz ehtiyojiga qarab belgilanadi.
Q: Integratsiya xizmatlari nima?
Integratsiya — bu turli tizimlar o‘rtasida ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ularni bir-biriga moslashtirish va avtomatik ishlashini ta’minlash jarayonidir.
Q: Masofadan xizmat ko‘rsatasizlarmi?
Ha, xizmatlarning asosiy qismi masofadan turib (onlayn) amalga oshiriladi.
Q: Joyiga chiqib xizmat ko‘rsatish mumkinmi?
Zarur hollarda va alohida kelishuv asosida joyiga chiqib xizmat ko‘rsatish mumkin.
Q: Murojaatni qanday qoldirish mumkin?
Murojaatni telefon, messenjerlar, elektron pochta yoki EDO orqali yuborishingiz mumkin.
